2026-yil noyabr oyi yakunlariga köra eng köp xarid qilingan aksiyalar

2026-yil noyabr oyi yakunlariga köra Özbekistonning eng "qizib ketgan" oddiy aksiyalari reytingini tuzdik. Reytingdan oy davomida "RSI" körsatkiçi eng yuqori bölgan aksiyalar örin oldi.
RSI (Relative Strength Index) — aktiv narxining ma’lum davr içidagi ösişi va pasayişi nisbatini aks ettiruvçi texnik tahlil indikatori. Uning qiymati 0 dan 100 gaça böladi. Odatda RSI 70 dan yuqori bölsa, aksiya haddan taşqari xarid qilingan, 30 dan past bölsa esa haddan taşqari sotilgan deb hisoblanadi.
Keling, reytingdan joy olgan kompaniyalar va ularning aksiyalari ösişiga turtki bergan omillarni körib çiqamiz.
"Hamkorbank"
Reytingni "Hamkorbank" aksiyalari boşlab beradi. Bankning 2026-yil 9 oylik kuçli moliyaviy natijalari e’lon qilingaç, aksiyalar narxi qöşimça ösiş sur’atiga ega böldi. Şundan söng bank bozor narxiga nisbatan qariyb 0,6% dividend daromadliligi bilan dividend tölaşini e’lon qildi.
"Özsanoatqurilişbank"
Eng yuqori körsatkiçga ega beşta aksiya qatoridan "Özsanoatqurilişbank" (SQB) aksiyalari ham joy oldi. Ularning ösişini bankning 2026-yil 9 oylik ijobiy moliyaviy natijalari ham qöllab-quvvatladi.
"Özbektelekom"
Törtinçi örinni "Özbektelekom" egalladi. Kompaniya 2026-yilning 9 oyi yakunlariga köra sof foydasini 4,3 barobar oşirdi. Bundan taşqari, Fitch Ratings agentligi kompaniyaning kredit reytingini "BB" darajasida tasdiqlab, prognozni "ijobiy" darajada saqlab qoldi.
"Özmetkombinat"
Eng köp xarid qilingan aksiyalar uçligidan "Özmetkombinat" (UZMK) ham joy oldi. Kompaniya 9 oy davomida 218 ming tonna pölat şar işlab çiqardi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 14,7% köp. Yillik işlab çiqariş quvvatlaridan foydalaniş darajasi 76,5% ga yetdi, sof foyda esa uç barobar oşdi.
"ÖzRTXB"
Ikkinçi örinni "ÖzRTXB" egalladi. Sentabr oyida kompaniya "UZEX Global" yangi loyihasini işga tuşirdi, oktabr oxirida esa 9 oylik ijobiy moliyaviy natijalarini e’lon qildi. Noyabr oyida Fitch agentligi kompaniyaning kredit reytingini "B+" darajasigaça oşirib, prognozni "barqaror" deb belgiladi.
"Ipoteka-bank"
Reyting yetakçisi — "Ipoteka-bank". 2026-yilning 9 oyi yakunlariga köra bank foydasi 19 barobar, faqat III çorakning özida esa 38,1%ga oşdi. Şu bilan birga, kreditlar va lizing böyiça ehtimoliy zararlarni baholaş körsatkiçi yillik hisobda 73,1%ga kamaydi.
Kuçli moliyaviy natijalar fonida bank aksiyalari sezilarli ösişni namoyiş etdi. 2-noyabr kuni, aksiyalar narxi eng yuqori darajaga yetgan paytda, Ipoteka-bankning bozor kapitallaşuvi $2,5 mlrd dan oşdi. Bu Özbekiston fond bozori uçun rekord körsatkiç hisoblanadi.
Bu investorlar uçun nimani anglatadi?
RSI körsatkiçining yuqoriligi aksiya narxi tez sur’atlarda ösganini va bu ösiş kompaniyaning fundamental körsatkiçlaridagi özgarişlardan oldinga ötib ketgan bölişi mumkinligini anglatadi. Biroq RSI yuqori bölişi aksiyalar narxi albatta pasayişini bildirmaydi. Xuddi şuningdek, RSI pastligi ham narxning kelgusida kötarilişini kafolatlamaydi.
Şu sababli RSI körsatkiçidan kompaniyaning moliyaviy natijalari, baholanişi va boşqa bozor omillari bilan birgalikda foydalaniş maqsadga muvofiq. Bu narx dinamikasini tuşunişga yordam beruvçi texnik tahlil vositasi bölib, mustaqil xarid yoki sotuv signali hisoblanmaydi.
Uşbu material faqat axborot maqsadida tayyorlangan va investitsion tavsiya hisoblanmaydi.
