KAPDEPO Investment Company

AKTIVLARNI BOSHQARISH

Aktivlarni boshqarish

Kapitalni boshqarishga professional yondashuv

KAP DEPO O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida xususiy va institutsional mijozlarning investitsiya aktivlarini boshqarish xizmatlarini ko‘rsatadi.

Biz mijozning moliyaviy maqsadlari, investitsiya muddati, maqbul risk darajasi va bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda individual investitsiya strategiyalarini ishlab chiqamiz.

BIZNING XIZMATLARIMIZ

Bizning xizmatlarimiz

01

Investitsiya portfelini individual boshqarish

Kelishilgan investitsiya strategiyasiga muvofiq qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirish va boshqarish.

02

Investitsiya strategiyalari

Mijozning maqsadlari va bozor sharoitlarini hisobga olgan holda investitsiya instrumentlarini tanlash va aktivlarni taqsimlash.

03

Risklarni boshqarish

Portfel tarkibini, bozor risklarini va investitsiya cheklovlariga rioya etilishini muntazam nazorat qilish.

04

Hisobot va shaffoflik

Mijozlarga portfel tarkibi, amalga oshirilgan operatsiyalar va boshqaruv natijalari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish.

Aktivlarni boshqarishni professionallarga ishonib topshiring

Mutaxassislarimiz bilan investitsiya maqsadlaringiz va kapitalni boshqarish strategiyalarini muhokama qiling.