“Beeline“ egasi “VEON“ Özbekiston va Qozoğistonda bank sotib olmoqçi yoki oçmoqçi

Фото: Veon
“Beeline Uzbekistan“’ga egalik qiluvçi “VEON“ guruhi Özbekiston va Qozoğiston bank bozoriga çiqiş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda 16-noyabr kuni Nyu-Yorkda bölib ötgan Capital Markets Day tadbirida “VEON“ kompaniyasining tölovlar va raqamli aktivlar böyiça direktori Ahmet Kayxan ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, kompaniya har ikki mamlakatda ham bank litsenziyasini qölga kiritiş yöllarini izlamoqda: u noldan oçilişi yoki mavjud bankni sotib oliş orqali amalga oşirilişi mumkin.
🔎 Özbekistonda “VEON“’ning “Beepul“ elektron hamyoni allaqaçon faoliyat yuritmoqda — kompaniya bahosiga köra, u mamlakatda kattaligi böyiça törtinçi örinda turadi. Bank litsenziyasidan taşqari, guruh suğurta litsenziyasiga ham qiziqiş bildirmoqda. Bitim muddatlari, formati va xarid qilinişi mumkin bölgan obyektlar hozirça oşkor etilmayapti.
«Aytgança, biz Özbekistonda ham, Qozoğistonda ham bank litsenziyasini — imkoniyatlarga qarab, ham noorganik, ham organik yöl bilan — oliş yöllarini izlayapmiz», — dedi Kayxan investorlarning savollariga javob berar ekan
Bu xuddi şu tadbirda Kaan Terzioğlu aytib ötgan strategiyaning bir qismidir: “VEON“ Pokistonda sinovdan ötgan modelni Bangladeş, Özbekiston va Qozoğistonda ham takrorlamoqçi. Pokistonda guruh yaqinda “Apna Bank“’ni sotib oldi. Iyul oyida esa “VEON“ moliyaviy xizmatlarni, jumladan, Özbekiston va Qozoğistonda ham rivojlantiriş böyiça “Mastercard“ bilan hamkorlik qilişini e’lon qilgan edi.
Manba: Stockanalysis.com
