KAPDEPO Investment Company
← Barcha yangiliklar

Uzum Bank 9 oy yakunlari bo‘yicha sof foydasini 63 baravardan ziyod oshirdi

2026-yil 9 oyi yakunlari bo‘yicha Uzum Bankning sof foydasi 485,0 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 63,4 baravar oshdi. Bankning umumiy daromadlari 145,6 foizga o‘sib, 2,3 trln so‘mga yetdi.

Daromadlarning asosiy manbai komissiya tushumlari bo‘lib qolmoqda. Ko‘rsatilgan davrda ular 2,5 baravar oshib, 1,6 trln so‘mga yetdi.

2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra kredit portfeli bir yil oldingi 67 mlrd so‘mga nisbatan 450 mlrd so‘mni tashkil etdi.


Ulashish

Kapital bozoridagi rejalaringizni muhokama qilaylik

Investitsiyalar, kapital jalb qilish, brokerlik xizmatlari, investitsion banking va korporativ konsalting bo‘yicha KAP DEPO mutaxassislari bilan bog‘laning.