«O‘zsanoatqurilishbank» va yana to‘rtta davlat kompaniyasini 2027–2028-yillarda xalqaro fond bozoriga olib chiqish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston 2027–2028-yillarda beshta davlat kompaniyasining IPO/SPOsini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ro‘yxatga «O‘zsanoatqurilishbank», «Uzbekistan Airways», «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari», «O‘zbekgidroenergo» va «O‘zbektelekom» kirdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hozirda ushbu tashkilotlarni transformatsiya qilish va xalqaro kapital bozorlariga chiqishga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga «O‘zsanoatqurilishbank» va «O‘zbektelekom» uchun gap ikkilamchi ommaviy joylashtirish (SPO) haqida bormoqda, chunki ularning aksiyalari allaqachon Toshkent fond birjasida muomalada. Qolgan uchta kompaniya o‘z aksiyalarini keng investorlar doirasiga birinchi marta taklif qilishni rejalashtirmoqda.
