← Barcha yangiliklar

«O‘zMIF» foydasini 15 baravar oshirdi

«O‘zMIF»ning 2026-yil 9 oyi yakunlari bo‘yicha sof foydasi 14,8 baravar oshib, 1,9 trln so‘mga yetdi.
Shu bilan birga ulushli instrumentlarga investitsiyalardan olingan sof amalga oshirilmagan foyda 2,1 trln so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, dividendlardan olingan yalpi daromad ham oshib (+107,6%), 356,3 mlrd so‘mga yetdi.
9 oy ichida operatsion xarajatlar ham 8,7 baravar — 32,3 mlrd so‘mdan 282,8 mlrd so‘mgacha oshdi.

