← Barcha yangiliklar

«O‘zmetkombinat» yil boshidan beri sof foydasini uch baravar oshirdi

«O‘zmetkombinat» AJning 2026-yil 9 oyidagi sof foydasi 591,9 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 213,4 foizga oshdi. So‘nggi 12 oyda ko‘rsatkich 120,1 foizga o‘sib, 687,1 mlrd so‘mga yetdi.
Kombinat tushumi 16,7 foizga oshib, 5,4 trln so‘mga yetdi. Boshqa operatsion xarajatlar 267,1 mlrd so‘mdan 163,5 mlrd so‘mgacha qisqardi.
Moliyaviy natijaga o‘zbek so‘mining mustahkamlanishi fonida valyuta kurslari dinamikasi ham ta’sir ko‘rsatdi. Kurs farqlaridan olingan daromadlar 389,5 mlrd so‘mdan 553,2 mlrd so‘mgacha oshdi, ular bo‘yicha zararlar esa 476,0 mlrd so‘mdan 239,6 mlrd so‘mgacha kamaydi.
Uzoq muddatli bank kreditlari 3,9 trln so‘mdan 5,3 trln so‘mgacha oshdi, qisqa muddatli kreditlar va qarzlar esa 2,2 trln so‘mdan 460,5 mlrd so‘mgacha qisqardi.

