«O‘zbekinvest» kuzatuv kengashi tarkibini yangiladi

14-oktabr kuni «O‘zbekinvest» kuzatuv kengashining yangi tarkibini e’lon qildi. Kengash raisi etib Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat banklari va aktivlarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish departamenti boshlig‘i Jamshid Abdushukurov saylandi.
Uning o‘rinbosari Ishil Chag‘layan Marex Financial kompaniyasida CEEMEA rivojlanayotgan bozorlarida kreditlash jamoasining ijrochi direktori lavozimida ishlaydi.
Kengash tarkibiga shuningdek Iqtisodiyot va moliya vazirligining xususiylashtirish va davlat aktivlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyorjon Rajabov, davlat-xususiy sheriklik loyihalari monitoringi departamenti bosh mutaxassisi O‘tkirjon Tajimatov hamda Franklin Templeton Asset Management investitsiya jamoasi mutaxassisi Nozanin G‘ulomova kirdi.
Kengashning mustaqil a’zolari SynFiny Advisors mintaqaviy hamkori va Kompass Directors Uzbekistan boshqaruvchi hamkori Sayyora Ayupova hamda o‘zgarishlarni boshqarish va loyihalarni joriy etish bo‘yicha mutaxassis Forix Shamsiyev bo‘ldi.
