KAPDEPO Investment Company
← Barcha yangiliklar

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida saqlab qoldi va iqtisodiyot bo‘yicha prognozlarni qayta ko‘rib chiqdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi. Inflyatsion kutilmalar pasayganiga qaramay, regulyator hozircha pul-kredit sharoitlarini yumshatish uchun yetarli asos ko‘rmayapti.

Sentyabr yakunlari bo‘yicha yillik inflyatsiya 6,4 foizni, bazaviy inflyatsiya esa 5,5 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga xizmatlar sohasidagi inflyatsiya 7 foizgacha tezlashdi. Aholi va biznesning inflyatsion kutilmalari esa, aksincha, mos ravishda 8,7 va 9,2 foizgacha pasaydi.


Iqtisodiy faollik yuqoriligicha qolmoqda. Yanvar–sentyabrda YaIM yillik hisobda 8,3 foizga o‘sdi. Asosiy hissani sanoat, qurilish va xizmatlar sohasi qo‘shdi. Shu fonda 2026-yil uchun iqtisodiy o‘sish prognozi yuqoriga qarab — taxminan 8 foizgacha qayta ko‘rib chiqildi.

Biroq yuqori talab, investitsiyalar o‘sishi hamda oziq-ovqat va energiya resurslari narxlari bilan bog‘liq tashqi xatarlar inflyatsiyaning keyingi pasayishini sekinlashtirishi mumkin. Shuning uchun Markaziy bank 2026-yil oxiriga inflyatsiya prognozini 7 foizgacha qayta ko‘rib chiqdi.

Regulyatorning mo‘ljali — 2027-yil oxiriga inflyatsiyani 5 foizgacha pasaytirish. Buning uchun Markaziy bank qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolish, jumladan so‘mdagi depozitlar va kreditlar bo‘yicha ijobiy real foiz stavkalarini qo‘llab-quvvatlash niyatida.


Asosiy stavka bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 16-dekabrga rejalashtirilgan.

Ulashish

Kapital bozoridagi rejalaringizni muhokama qilaylik

Investitsiyalar, kapital jalb qilish, brokerlik xizmatlari, investitsion banking va korporativ konsalting bo‘yicha KAP DEPO mutaxassislari bilan bog‘laning.