← Barcha yangiliklar

TBC Bank yil boshidan beri 70 mlrd so‘m zarar ko‘rdi

TBC Bankning 2026-yil 9 oyi yakunlari bo‘yicha sof zarari 69,7 mlrd so‘mni tashkil etdi, 2025-yilning shu davrida esa bankning sof foydasi 30,3 mlrd so‘mga yetgan edi. Shu bilan birga bankning jami daromadlari 6,4 foizga oshib, 4,2 trln so‘mga yetdi.
Ehtimoliy kredit zararlari uchun zaxiralar shakllantirish xarajatlari 42,3 foizga oshib, 1,2 trln so‘mni tashkil etdi.
Shu bilan birga III chorak (iyul–sentyabr)dagi zarar 70,7 mlrd so‘mdan 357,7 mlrd so‘mgacha oshdi.
2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra bankning kredit portfeli 7,7 trln so‘mni tashkil etib, yillik hisobda 28,9 foizga qisqardi. Muammoli kreditlar (NPL) ulushi 4,5 foizdan 13,4 foizgacha oshdi.

