KAPDEPO Investment Company
← Barcha yangiliklar

Özbekistondagi davlat banklarini xususiylaştiriş 2028-yilga qoldirilişi mumkin — “Fitch“

“Fitch Ratings“ reyting agentligi Özbekistondagi yirik davlat banklarini xususiylaştiriş jarayoni rasmiylar rejalaştirganidan köproq vaqt olişi mumkinligi haqida ogohlantirdi. “Fitch“’ning Özbekiston bank sektori böyiça direktori Pavel Kaptel 27-oktyabr kuni Toşkentda bölib ötgan agentlik konferensiyasida uşbu xulosalarni taqdim etdi. Birinçi savdo 2027-yilda amalga oşirilişi mumkin, biroq noaniqlik saqlanib qolmoqda va xususiylaştiriş 2028-yilgaça keçiktirilişi ehtimoli bor.

Prezident fevral oyida tasdiqlagan yangilangan “Özbekiston-2030” strategiyasiga köra, 2026-yilda davlat banklarini xususiylaştiriş közda tutilmagan. Beşta bankni sotiş jarayoni 2027-yildan boşlanib, 2030-yil yakunigaça davom etişi belgilangan. Avvalroq rasmiylar “Özsanoatqurilişbank“, “Asakabank“ va “Aloqabank“ni 2025-yil oxirigaça sotişni möljallagan edi, biroq muddatlar ortga surildi.

Tayyorgarlik işlari, birinçi navbatda, mamlakat bank sektori aktivlarining 17%iga töğri keladigan “Özsanoatqurilişbank“ va “Asakabank“da olib borilmoqda. Sotuvdan oldin davlat muammoli aktivlarni davlat agentliklariga ötkazib, banklarni qöşimça kapitallaştirmoqda. “Fitch“ baholaşiça, tayyorgarlik işlarini davom ettiriş talab etilsa-da, “Franklin Templeton“ va “YeTTB“ning iştiroki biznes transformatsiyasiga yordam beradi hamda bitimlar istiqbolini yaxşilaydi.

“Özsanoatqurilişbank“ning 40% aksiyalari “Franklin Templeton“ boşqaruvidagi UzNIF portfeliga kiritilgan. “YeTTB“ esa “Asakabank“ning 15% uluşini sotib olişni rejalaştirmoqda: niyatlar töğrisidagi kelişuv imzolangan bölsa-da, “YeTTB“ hali bank kapitaliga kirmagan.

Xususiylaştiriş islohotlarning asosiy böğini bölib qolmoqda, ammo “Fitch“ ta’kidlaganidek, uni amalga oşirişdagi xatarlar jiddiy. Aktivlar sifati davlat banklarining zaif nuqtasidir: “Özsanoatqurilişbank“ va “Asakabank“ kreditlar tasnifini qat’iylaştirgani sababli, 2025-yilgi hisobotlarda aks ettirilgan qadrsizlaniş körsatkiçlari oşdi. Şu bilan birga, agentlik bank nazorati sohasidagi ösişni e’tirof etib, Özbekiston banklari uçun operatsion muhit bahosini “barqaror” prognoz bilan “b+” darajasigaça kötardi.

Ulashish

Kapital bozoridagi rejalaringizni muhokama qilaylik

Investitsiyalar, kapital jalb qilish, brokerlik xizmatlari, investitsion banking va korporativ konsalting bo‘yicha KAP DEPO mutaxassislari bilan bog‘laning.