← Barcha yangiliklar

UzAuto Motors foydasi 9 oy yakunlari bo‘yicha 47 foizga kamaydi

«UzAuto Motors» AJning 2026-yil 9 oyidagi auditdan o‘tmagan XHXS bo‘yicha sof foydasi 1,9 trln so‘mni tashkil etdi, bu 2025-yilning shu davriga (3,5 trln so‘m) nisbatan 46,9 foizga kam.
Kompaniya tushumi 34,7 trln so‘mdan 30,1 trln so‘mgacha qisqardi, bu yalpi foydaning 4,1 trln so‘mdan 2,9 trln so‘mgacha pasayishiga olib keldi. Kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlari 481,2 mlrd so‘mdan 525,1 mlrd so‘mgacha oshdi.

