KAPDEPO Investment Company
← Barcha yangiliklar

“OTP“ “Ipoteka-bank“ning qolgan 17,5% aksiyalarini sotib oliş böyiça kelişuvga erişdi; bitim narxi oşkor etilmagan

Ipoteka-bank

—

19-noyabr kuni “OTP Group“ hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Ipoteka-bank“ning davlatga tegişli qolgan paketini — qariyb 17,5% aksiyasini sotiş böyiça qöşimça kelişuv imzoladi. Bitim hali yakuniga yetmagan: bank hujjatni imzolaş va bitimni moliyaviy jihatdan yopişni alohida bosqiçlar deb hisoblaydi, “OTP“ esa hisob-kitoblarni yaqin haftalarda amalga oşirişni kutmoqda. Uşbu jarayonlar yakunlangaç, “OTP“ning uluşi 90,4%gaça oşadi. Bank va vazirlik bitim narxini oşkor qilmadi.

🔎 Bank ma’lumotlariga köra, 2026-yil 1-iyun holatiga ustav kapitalining 72,89%i “OTP“ga, 17,49%i Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, 8,7%i esa “Xalqaro moliya korporatsiyasi“ga (“IFC“) tegişli. Yana 0,92% uluş minoritar aksiyadorlarga: 4566 ta yuridik (0,65%) va 19 008 nafar jismoniy şaxsga (0,27%) töğri keladi. Bank aksiyadorlarining umumiy soni 23 574 nafarni taşkil etadi.

📌 Bank bayonotida asosiy urğu 2023-yil iyun oyida “OTP“ boşqaruviga ötgandan keyingi natijalarga qaratilgan: muammoli kreditlar uluşi 10,2%dan 2,6%gaça pasaygan (sektor böyiça örtaça körsatkiç — 3,2%). Iqtisodiyot va moliya vazirligining tuşuntirişiça, 2022-yilgi şartnomaga binoan bank ikki bosqiçda sotilgan, ikkinçi bosqiç narxi esa bankning körsatkiçlariga boğliq bölgan. Ötgan tört yil içida bu körsatkiçlar sezilarli darajada yaxşilangani bois şartlarning bir qismi özgartirilgan; biroq aynan qaysilari ekani oçiqlanmayapti.

“OTP“ birja uçun bergan xabarida şartlar xatar va manfaatlarni yanada muvozanatli taqsimlaş maqsadida qayta körib çiqilganini, bu esa kompaniyaning 2026-yil IV çoragi böyiça konsolidatsiyalaşgan natijasiga $55 mln miqdorida bir martalik salbiy ta’sir körsatişini ma’lum qilgan.

✍️Paketning taxminiy qiymatini bozor narxidan kelib çiqib baholaş mumkin. Muomalaga çiqarilgan 4,217 trln dona aksiyaning 17,49%i qariyb 738 mlrd donani taşkil etadi. Oxirgi bitimda bir dona aksiya narxi 6,05 söm (20-noyabr) bölganini hisobga olsak, uşbu paket taxminan 4,5 trln sömga (MB kursi böyiça $373 mln), butun bank esa 25,5 trln so‘mga ($2,1 mlrd) baholanadi. Taqqoslaş uçun: 2023-yilda davlat 73,71% aksiya uçun $324 mln olgan edi.


Manba: Ipoteka-bank

Ulashish

Kapital bozoridagi rejalaringizni muhokama qilaylik

Investitsiyalar, kapital jalb qilish, brokerlik xizmatlari, investitsion banking va korporativ konsalting bo‘yicha KAP DEPO mutaxassislari bilan bog‘laning.