← Barcha yangiliklar
«Hamkorbank» kuzatuv kengashi har bir aksiya uchun 0,75 so‘m dividend to‘lashni tavsiya qildi

«Hamkorbank» kuzatuv kengashining 2026-yil 28-oktabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha oddiy aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lash uchun bitta aksiyaga 0,75 so‘m yo‘naltirish tavsiya etildi. Bu bitta aksiyaning joriy bozor qiymatining 0,6 foizini tashkil etadi.
Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha bitta aksiyaga 1,25 so‘m miqdorida dividend to‘lash tavsiya etildi.
💡 2-noyabr kuni bank 2026-yil 26-noyabrda bo‘lib o‘tadigan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish haqida e’lon qildi.
Yig‘ilishda ishtirok etish huquqini 2026-yil 18-noyabr holatiga ko‘ra shakllantirilgan reyestrga kiritilgan aksiyadorlar oladi (T+2 hisobga olingan holda).
