← Barcha yangiliklar
«Kapitalbank» 50 mln dollarlik obligatsiyalar chiqarishga tayyorlanmoqda

«Kapitalbank» kuzatuv kengashining 2026-yil 29-oktabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qaror qabul qilindi: 50 mln dollarlik valyuta obligatsiyalari chiqariladi.
Joylashtirish ochiq obuna orqali o‘tkaziladi. Kupon stavkasi yillik 7,0 foizni tashkil etadi, obligatsiyalarning muomala muddati — 2 yil, bitta obligatsiyaning nominal qiymati — 100 dollar. Kupon daromadi har chorakda to‘lanadi.
Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish chiqarilish davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab bir yil davomida amalga oshiriladi.
