← Barcha yangiliklar

«Humo» 9 oy yakunlari bo‘yicha foydasini 162 foizga oshirdi

«Milliy banklararo protsessing markazi» AJ («Humo» to‘lov tizimi)ning 2026-yil 9 oyidagi sof foydasi 586,8 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 162,0 foizga ko‘p.
Tushum 380,9 mlrd so‘mdan 1 trln so‘mgacha oshdi (yillik +165,0%), shu bilan birga ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi 87,5 foizga oshib, 187,2 mlrd so‘mga yetdi. Natijada kompaniyaning yalpi foydasi 192,6 foizga o‘sib, 822,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

