O‘zbekistonda qayerda eng ko‘p maosh olishadi? 2026-yil yanvar–sentyabr yakunlari

2026-yil yanvar–sentyabr yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi yillik hisobda 18,0 foizga oshib, 7,27 mln so‘mni tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha o‘rtacha ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (12,3 mln so‘m), Navoiy (8,8 mln so‘m) va Toshkent (6,9 mln so‘m) viloyatlarida qayd etildi.
Nisbatan past ish haqi Qashqadaryo (5,0 mln so‘m), Surxondaryo (5,0 mln so‘m) va Samarqand (5,4 mln so‘m) viloyatlarida kuzatildi.
Tarmoqlar bo‘yicha o‘rtacha ish haqining eng katta miqdori moliya sektorida, jumladan bank faoliyati, sug‘urta va kreditlashda — 19,7 mln so‘m darajasida qayd etildi.
O‘rtacha ish haqining eng kam miqdori sog‘liqni saqlash (4,5 mln so‘m) va ta’lim (5,0 mln so‘m) sohalarida saqlanib qolmoqda.
