KAPDEPO Investment Company
← Barcha yangiliklar

«OKMK» 9 oy yakunlari bo‘yicha foydasini 65 foizga oshirdi

«Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» (OKMK) 2026-yil 9 oyi yakunlari bo‘yicha 13,7 trln so‘m sof foyda oldi, bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 65,1 foizga ko‘p.

Kombinatning sof tushumi 21,6 trln so‘mdan 47,1 trln so‘mgacha oshdi, yalpi foyda esa 19,9 trln so‘mdan 32,1 trln so‘mgacha o‘sdi.

Uzoq muddatli kreditlar va qarzlar 1,6 trln so‘mga qisqarib, 29,8 trln so‘mni, qisqa muddatlilari esa 0,9 trln so‘mga qisqarib, 2,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, «OKMK» IPOsi 2027-yilning I yarmiga rejalashtirilgan. Ommaviy bozorga kompaniya aksiyalarining 10–15 foizini olib chiqish rejalashtirilmoqda.
Ulashish

Kapital bozoridagi rejalaringizni muhokama qilaylik

Investitsiyalar, kapital jalb qilish, brokerlik xizmatlari, investitsion banking va korporativ konsalting bo‘yicha KAP DEPO mutaxassislari bilan bog‘laning.