KAPDEPO Investment Company
← Barcha yangiliklar

«Agat Credit» 9 oy yakunlari bo‘yicha foydasini 2,6 baravar oshirdi

«Agat Credit» MMTning 2026-yil 9 oyidagi sof foydasi 5,5 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 166,0 foizga ko‘p.

Jami daromadlar 17,3 foizga oshib, 32,7 mlrd so‘mga yetdi. Shu bilan birga ehtimoliy kredit zararlari bahosi 9,9 mlrd so‘mdan 23,8 mlrd so‘mgacha oshdi.

2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra MMTning kredit portfeli 366 mlrd so‘mni (yillik +196,8%) tashkil etdi, muammoli kreditlar (NPL) ulushi esa 2,3 foizdan 2,6 foizgacha oshdi.


Ulashish

Kapital bozoridagi rejalaringizni muhokama qilaylik

Investitsiyalar, kapital jalb qilish, brokerlik xizmatlari, investitsion banking va korporativ konsalting bo‘yicha KAP DEPO mutaxassislari bilan bog‘laning.